Har hafta seshanba kuni Chess.com platformasida blits yo‘nalishida nufuzli Titled Tuesday onlayn turniri bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning eng kuchli grossmeysterlari muntazam qatnashib, g‘oliblik uchun keskin bahs olib borishadi.
Quvonarlisi, 11 turdan iborat shveytsarcha tizimdagi so‘nggi turnirda hamyurtimiz Javohir Sindarov 9,5 ochko jamg‘arib, chempionlikni qo‘lga kiritdi!
Musobaqa davomida u Yan Nepomnyashiy, Vladislav Artemyev va Maksim Vashe-Lagrave kabi kuchli shaxmatchilarni mag‘lub etdi.
Jahon kubogi g‘olibi bo‘lgan Sindarovning bu natijasi o‘zbek shaxmati uchun yana bir katta yutuq bo‘ldi!

