Provodnikov Pakyao bilan ko‘rgazmali jang haqidagi xabarni “hazil” deb atadi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Provodnikov Pakyao bilan ko‘rgazmali jang haqidagi xabarni “hazil” deb atadi

Rossiyalik bokschi Ruslan Provodnikov filippinlik afsona Menni Pakyao bilan ehtimoliy ko‘rgazmali jang haqidagi yangilikni jiddiy qabul qilmayotganini aytdi.

Avvalroq OAVda 47 yoshli sobiq jahon chempioni Pakyao 18 aprel kuni Las-Vegasda Provodnikovga qarshi ko‘rgazmali jang o‘tkazishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Yarim o‘rta vazndagi bahs 10 raundga mo‘ljallangani aytilgan.

Provodnikov bu xabarga shunday munosabat bildirdi:

“Hozir bu haqda gapirish qiyin, chunki men uchun bularning bari hazilga o‘xshaydi. Las-Vegasda Menni Pakyao bilan jang? E’lon chiqqan kuni uzoq tanishlarim ham qo‘ng‘iroq qildi. Men esa meni shunchaki hazillashyapti deb o‘yladim. Bu jang haqida gapirishga hali erta. Ringga haqiqatan ham Pakyaoga qarshi chiqsam, shunda gapirish mumkin. Men har qanday taklifga ochiqman. Agar bu jang bo‘lsa, faoliyatimdagi eng katta mo‘jiza bo‘lardi.”

Hozircha mazkur jang rasman tasdiqlanmagan.