Sobiq og‘ir vazn toifasi jahon chempioni Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn britaniyalik bokschining keyingi jangni ma’lum qildi.
“Dastlab Joshuaning mart oyida ringga qaytishi, avgustda esa Tayson Fyuri bilan jang qilishi rejalashtirilgandi. Ammo bu amalga oshmaydi. Umid qilamanki, u yoz oxirida qaytadi. Hozircha to‘liq mashg‘ulot lagerini boshlashga tayyor emas. Iyul varianti ko‘rib chiqilmoqda, ammo aniq muddat u to‘liq mashg‘ulotlarga qaytgach belgilanadi”, — dedi.
Eslatib o‘tamiz, Joshua so‘nggi jangini dekabr oyida o‘tkazib, amerikalik bloger-bokschi Jeyk Polni nokaut orqali mag‘lub etgandi
