Ayni paytda AQShning Las-Vegas shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tmoqda. Kechaning e’tiborga molik janglaridan birida hamyurtimiz Bektemir Melikuziev ganalik bokschi Sena Agbekoga qarshi ringga chiqdi.
Jang boshidan Melikuziyev kuchli zarbalar bilan ustunlikni qo‘lga olgan bo‘lsa-da, raqib bir necha raund davomida qarshilik ko‘rsatdi. Biroq 7-raundga kelib Agbekoning imkoniyati tugadi — hamyurtimiz texnik nokaut evaziga g‘alaba qozonib, professional faoliyatidagi 17-g‘alabasini rasmiylashtirdi.
