AQShning Paradays shahrida o‘tkazilgan professional boks oqshomining markaziy jangida amerikalik bokschi Ryan Garcia WBC talqini bo‘yicha yarim o‘rta vazn chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
U hamyurti Mario Barriosni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi. Hakamlar bahosiga ko‘ra, Garsiya barcha 12 raundda ustunlik qilgan.
Shuningdek, jang davomida Rayan raqibini nokdaunga ham tushirishga muvaffaq bo‘ldi.
