Afsonaviy bokschilar Floyd Mayweather Jr. va Manny Pacquiao revansh jangini o‘tkazadi.
Jang 2026-yil 19-sentabr kuni Las-Vegasdagi Sphere arenasida bo‘lib o‘tadi va uni butun dunyo bo‘ylab Netflix jonli efirda namoyish etadi. Bu safargi to‘qnashuv ko‘rgazmali emas, balki professional jang bo‘ladi.
Meyvezer revanshga 50 ta g‘alaba (27 nokaut) va birorta ham mag‘lubiyatsiz rekord bilan yetib kelmoqda. Pakyao hisobida esa 62 g‘alaba (39 nokaut), 8 mag‘lubiyat va 3 durang bor.
Bokschilar ilk bor 2015-yil may oyida “Asr jangi” deb nom olgan bahsda to‘qnash kelgan va o‘shanda Meyvezer g‘alaba qozonib, yarim o‘rta vazn toifasidagi WBA, WBC hamda WBO kamarlarini himoya qilgandi.
