Ralf Shumaxer: “Hamilton natijalardan norozi bo‘lsa, faoliyatini yakunlashi mumkin” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Ralf Shumaxer: “Hamilton natijalardan norozi bo‘lsa, faoliyatini yakunlashi mumkin”

Sobiq Formula-1 poygachisi va hozirgi ekspert Ralf Schumacher yetti karra jahon chempioni Lewis Hamiltonning Ferrari safidagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

Uning aytishicha, Hamilton uchun yangi mavsum hal qiluvchi bo‘lishi mumkin.

“Hamilton faoliyatini yakunlashi mumkinmi? Bu murakkab savol, ammo ehtimol bor. O‘tgan yil u jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi va aynan shu sabab yana o‘zini isbotlamoqchi.
Ammo agar uch yoki to‘rt poygadan keyin u tezlik borasida Sharl Lekler bilan tenglasha olmasligini tushunsa yoki mashina unga yoqmasa, faoliyatini tugatish qarorini o‘zi qabul qilishi mumkin”, — dedi Shumaxer (Bild nashriga).

Ekspert fikricha, Hamiltonning Ferrari’dagi dastlabki poygalari uning kelajakdagi qaroriga bevosita ta’sir qiladi.