Avtopoygalar bo‘yicha eng nufuzli musobaqa — Formula 1 2025 yilgi moliyaviy natijalarini e’lon qildi. Seriya matbuot xizmatiga ko‘ra, yillik daromad sezilarli darajada oshgan.
Asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar
• Umumiy yillik daromad 14% ga o‘sib, 3,87 milliard dollarni tashkil etdi.
• 2025 yilning 4-choragida rekord natija qayd etilib, tushum 1,38 milliard dollarga yetdi (2024 yilda — 1,13 mlrd dollar).
• Operatsion foyda 28% ga oshib, 492 mln dollardan 632 mln dollarga ko‘tarildi.
• Mehmonxona xizmati va litsenziyalash kabi qo‘shimcha daromadlar 20% o‘sib, 787 mln dollarni tashkil etdi.
Tomoshabinlar va auditoriya
• Poygalarga tashrif buyuruvchilar soni 4% ga oshib, 6,75 million muxlisga yetdi.
• Jonli translyatsiyalar teleauditoriyasi esa 2024 yilga nisbatan 21% ga ko‘paydi.
Mazkur natijalar Formula-1’ning global ommabopligi va tijoriy jihatdan barqaror o‘sishda davom etayotganini ko‘rsatmoqda.
