Superog‘ir vazn toifasida ikki karra jahon chempioni Tyson Fury bokschilar Anthony Joshua va Deontay Wilder haqida fikr bildirib, ularning hozirgi faoliyatidagi vaziyatga tushunish bilan qarash kerakligini aytdi.
“Hozir og‘ir davrni boshdan kechirayotgan bokschi bilan qarama-qarshi chiqishga qiziqmayman. Men o‘zim ham hayotimda ko‘p marta qiyin holatda bo‘lganman… Bu yigitlarga faqat eng yaxshisini tilayman”, — dedi Fury The Ring Magazine nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Fury va Uaylder o‘zaro uch bor jang qilgan:
• 2018-yilda ilk jang durang bilan yakunlangan;
• 2020 va 2021-yillarda esa britaniyalik bokschi muddatidan oldin g‘alaba qozongan.
The Ring xabariga ko‘ra, Tyson Fury va Anthony Joshua o‘rtasidagi ehtimoliy superjang 2026-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
