Britaniyalik bokschi Conor Benn birinchi yarim o‘rta vazn sobiq jahon chempioni Regis Prograis bilan o‘tkaziladigan jangdan oldingi his-tuyg‘ularini baham ko‘rdi.
Jang 11-aprel 2026 kuni Londondagi Tottenham Hotspur Stadium
da bo‘lib o‘tadi. Bu Benn uchun Matchroom Boxing bilan hamkorlikni yakunlab, Zuffa bilan shartnoma imzolagandan keyingi birinchi ring chiqishi bo‘ladi.
“11-aprel tezroq kelishini xohlardim. Tottenham Hotspur stadioniga qaytish — bu men uchun katta ahamiyatga ega, chunki u yerda Chris Yubenk Jr. bilan jangimda tarix yozganman. Eng yirik arenalarda, eng katta shoularda jang qilish… Hech kimdan qo‘rqmayman! To‘liq konsentratsiyada va yana bir ajoyib chiqish uchun tayyorman”, — dedi Benn (Sky Sports).
